II MDH o'yinlari. O'zbekiston U-20 futzal termasi mezbon Belarusni yirik hisobda taslim qildi

Sherzod Nurmatov
12 avg 2023
O'zbekiston U-20 futzal terma jamoasi ​II MDH o'yinlari 3-turida Belarusga qarshi o'yin o'tkazdi.

II MDH o'yinlari

3-tur

O'zbekiston – Belarus 4:0

Gollar: Jahongir Narzullaev 12', Ashirbek To'lqinov 28', 38', Fazliddin Botirov 40'

O'zbekiston (boshlang'ich tarkib): 12.Doniyor Umarov, 4.Fazliddin Botirov (s), 7.Muzaffar Abdukarimov, 8.Abror Ahmetzyanov, 14.Ashirbek To'lqinov

Zaxira: Doniyor Abduvaliev, Sunnatilla Boymatov, Fazliddin Sobirjonov, Damir Mamadoliev, Sarvarbek Nurkulov, Timur Salimov, Tohirbek Abdukarimov, Jahongir Narzullaev, Xurshid Xurramov

Shuhrat Tojiboev boshchiligidagi terma jamoa avvalroq Rossiya bilan 3:3 o'ynagan, Ozarbayjonni esa 9:1 hisobida tor-mor keltirgan edi. Endi O'zbekiston U-20 termasining pley-offdagi raqibi Qirg'iz Respublikasi termasi bo'ladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia