Iguain "Inter Mayami"da yiliga deyarli 9 million dollar maosh oladi. U 2 yillik shartnomaga qo'l qo'ydi

Alisher
13 sen 2020
"Yuventus"dan ketishga yaqin bo'lgan forvard Gonsalo Iguain "Inter Mayami" bilan kelishuvga erishdi.

32 yoshli argentinalik futbolchi MLS klubi bilan 2022 yilning dekabriga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

Uning maoshi yiliga 7,5 million evro (8,9 million dollar)ni tashkil etadi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

Oldinroq, Iguain "Yuventus" bilan shartnoma bekor qilinishi ortidan 2,5 million evro miqdorida mablag' olishi ma'lum bo'lgan edi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira