Igor Sergeev Jafar Irismetovdan o'tib ketdi

Narzulla Saydullayev
12 okt 2020
O'zbekiston terma jamoasi BAA bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazmoqda.

O'yinning 48-daqiqasida Igor Sergeev hisobni ochdi. 86-daqiqada Igor dublga erishdi. Shu tariqa hujumchimiz milliy terma jamoa safida o'zining 53-uchrashuvida 15 va 16-gollarini urdi.

Sergeev Ulug'bek Baqoev (14ta gol) va Jafar Irismetovni (15ta gol) ortda qoldirdi.

O'zbekiston terma jamoasida gol urish borasida Maksim Shackix rekordchi hisoblanadi - 34ta gol.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia