Igor Sergeev harakat qilayotgan "Patum Yunayted" jamoasi o'rtoqlik o'yinida YCHL finalchisi "Borussiya"ni tor-mor keltirdi!

Alisher
22 iyul 2024, 00:29
Tailandning "Patum Yunayted" jamoasi Dortmundning "Borussiya"sini o'rtoqlik o'yinida yirik hisobda mag'lub etdi.

Ilk bo'limda Melvin Lorencen va Teerasil Dangda gol urishgan bo'lsa, tanaffusdan so'ng Yaroensak Vonggorn dubl qayd etdi.

Tailandda o'tgan o'yinda jarohatidan tiklanayotgan mezbonlar hujumchisi Igor Sergeev qaydnomada yo'q edi.


"Patum Yunayted" - "Borussiya Dortmund" 4:0

Gollar: Melvin Lorencen (14), Teerasil Dangda (44), Yaroensak Vonggorn (65, 88).

"Borussiya"ning 1-taym uchun tarkibi: Mayer, Ryuerson, Zyule, Lyurs, Rote, Ajil, Nmecha, Brandt, Adeyemi, Mukoko, Brunner.

"Borussiya"ning 2-taym uchun tarkibi: Lotka, Yessen, Meyzer, Benkara, Kabar, Roggov, Kamara, Veten, Xettver, Alle, Brunner.




AlisherMuallif
Manba: championat.asia