Igor Sergeev "Beyjing Goan" safida tibbiy ko'rikdan o'tdi FOTO

Narzulla Saydullayev
5 iyul 2016
"Paxtakor" klubi hujumchisi Igor Sergeev faoliyatini Xitoyda davom ettirishi mumkin.

Osiyo futbolini yoritib boruvchi Tomash Danichek tvitterdagi sahifasida Igor Sergeev "Beyjing Goan" klubiga o'tishi mumkinligi haqida yozdi. Danichek hujumchi haqida shunday yozadi: O'tgan yil ancha o'sishga erishgan va "Paxtakor" safida oliy liga to'purari bo'lgan, bosh bilan yaxshi o'ynay oladigan futbolchi.

Eslatib o'tamiz, "Beyjing Goan" safida o'zbekistonlik himoyachi Egor Krimec o'ynamoqda.

Keyinroq internet tarmog'ida Sergeevning Pekinda tibbiy ko'rikdan o'tayotgani aks etgan rasm paydo bo'ldi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia