Ibragimovichga o'rinbosar qidirayotgan PSJ Iguain bilan bog'landi

Aslanov Jasurbek
22 may 2016, 18:14
PSJ "Napoli" hujumchisi Gonsalo Iguainni xarid qilmoqchi va Parij klubi bu borada argentinalik bilan bog'landi.

28 yoshli forvard bilan Fransiya chempionlarining sport direktori yordamchisi Olive Letang uchrashdi.

Bundan tashqari Iguainning agenti va akasi Nikola parijliklar ofisida muzokara o'tkazishga ham ulgurdi.

Gonsaloning shartnomasidagi badal puli 60 mln. evro.

Iguain joriy mavsumda Italiya chempionatida 36 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

PSJ jamoani tark etgan Zlatan Ibragimovich o'rniga hujumchi qidirmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Le Parisien