Ibragimovich Shvetsiya klubiga futbolchi sifatida emas, xo'jayin sifatida o'tdi

Zlatan Ibragimovich Shvetsiyaning “Xammarbyu“ klubi egalaridan biriga aylangani e'lon qilindi.

Avvalroq, 38 yoshli hujumchi o'zining Instagram'dagi sahifasiga “Xammarbyu“ libosidagi holati aks etgan videoni joylashtirgandi va bu keng muhokamalarga sabab bo'lgandi.

“Los-Anjeles Gelaksi“dan ketgan shvetsiyalik forvardga hozirda bir qator Italiya jamoalari qiziqishmoqda.  “Bolonya“ va “Milan“ shular jumlasidan.


Manba: hammarbyfotboll.se