Ibragimovich: "Lindelof katta klublarda o'ynashga tayyor"

Aslanov Jasurbek
21 dek 2016
"Manchester Yunayted" hujumchisi Zlatan Ibragimovich uning "Benfika"dagi hamyurti Viktor Nilsson-Lindelof mankunianlar safiga o'tishi haqidagi mish-mish borasida fikr bildirdi.

Oldinroq MYU 22 yoshli futbolchini xizmatlariga qizqayotganini haqida xabar e'lon qilingan edi.

"U o'syapti. U "Manchester Yunayted" uchun etarli darajada kuchlimi? Lindelof katta klublarda o'ynashga tayyor deb o'ylayman. Hozir unga xaridor ko'pligini bilaman, Lindelof o'zi uchun to'g'ri qarorni qabul qilishi kerak" - deydi Ibragimovich.

Joriy mavsumda himoyachi "Benfika" safida 21 ta uchrashuvda maydonga tushdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror