

So'rovnoma natijalariga ko'ra, shvetsiyalik Zlatan Ibragimovich o'tgan oy jamoaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 2016 yilning so'nggi oyida Zlatan 7ta o'yinda 6ta gol urdi va 3ta golli pas oshirdi .
Klubning tvitterdagi rasmiy sahifasida o'tkazilgan so'rovnomada Ibragimovich 38% ovoz oldi va Genrix Mxitaryanni 2% ga ortda qoldirdi. Armanistonlik futbolchi dekabr oyida "Manchester Yunayted" safida 3ta gol urdi.
O'tgan oyda ikkita gol urgan Pol Pogba 26% ovoz bilan uchinchi o'rinni oldi. So'rovnomada uchinchi o'rinni 140 mingdan ziyod inson qatnashdi.




