Ian Rayt: Venger yozda Arsenaldan ketadi

Narzulla Saydullayev
11 fev 2017
Arsenal sobiq hujumchisi Ian Rayt bosh murabbiy Arsen Venger klubni tark etishini aytib o'tdi.
Kecha Venger bilan suhbatlashdim. Bir necha soat gaplashdik. Menimcha barchasi tugadi. U klubdagi faoliyati tugayotganiga shama qildi. Oldin bunday gaplarni eshitmagandim. Arsen – ajoyib inson, u charchagani sezildi.

Venger juda ham charchagan. Agar mendan shuni so'rasangiz Venger yozda Arsenaldan ketishini aytishim mumkin, – deydi Rayt.

 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: mirror.co.uk