Hussam Hassan Iordaniyaning O'zbekistonga qarshi o'yinlar uchun tarkibini e'lon qildi

Narzulla Saydullayev
28 avg 2013
Iordaniya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Hussam Hassan 6 hamda 10 sentyabr kunlari O'zbekistonga qarshi kechadigan JCH-2014 saralash pley-off uchrashuvlarida ishtirok etadigan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi.
Iordaniya milliy terma jamoasi O'zbekistonga qarshi bo'lib o'tadigan JCH-2014 saralash pley-off uchrashuvlariga tayyorgarlik ko'rish maqsadida 27 avgust kuni navbatdagi yig'inini boshladi. Iordaniya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Hussam Hassan ushbu yig'inga jami 26 nafar futbolchini taklif qilgan.

Takidlash lozim, Iordaniya terma jamoasi delegaciyasi 10 sentyabr kuni bo'lib o'tadigan javob uchrashuvi uchun 7 sentyabr kuni charter reys bilan Toshkentga yetib keladi. Iordaniya terma jamoasi delegaciyasiga Iordaniya Futbol Uyushmasi prezidenti Shahzoda Hussain Ali bin Hussain rahbarlik qiladi.

Eslatib o'tamiz, Iordaniya hamda O'zbekiston milliy terma jamoalari o'rtasidagi dastlabki o'yin 6 sentyabr kuni Iordaniya poytaxti Amman shahrida bo'lib o'tsa, javob uchrashuviga 10 sentyabr kuni Toshkent mezbonlik qiladi.

Iordaniya milliy terma jamoasining yig'iniga taklif etilgan futbolchilar ro'yxati:

Darvozabonlar: Loay Amira, Ahmad Abdul Sattor, Muattaz Yasin
Himoyachilar: Anas Bani Yasin, Muhammad Mustafo, Muhammad Demeyri, Uday Zahron, Ibrohim Zavara, Bosim Ftaxi, Shodi Abu Xash-Xash, Said Murjan, Abdul Rahmon
Yarim himoyachilar: Hassan Abdul Fattoh, Uday, Ahmad Musaab, Amir Diyb, Abdulla Diyb, Muhammad Xayr, Halil Bani Attiya, Abu Munir, Adnan.
Hujumchilar: Ahmad Samir, Uday, Toir, Ahmad Hayil, Baha Abdul Rahmon.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com