O'zbekiston milliy terma jamoasi 6 sentyabr, juma kuni JCH-2014 saralash Osiyo mintaqasi pley-off dastlabki o'yini doirasida Iordaniya milliy terma jamoasi mehmoni bo'ldi. Ammanda bo'lib o'tgan bahs 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.
Iordaniya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi, misrlik mutaxassis Hossam Hasanning qayd etishicha, O'zbekistonga qarsh o'yinda uning shogirdlariga o'yin amaliyoti etishmagan.
O'zbekistonga qarshi bugungi o'yin hamda Yaponiya va Avstraliyaga qarshi kechgan o'yinlarimiz o'rtasidagi farq shundaki, o'sha ikki o'yinni biz mavsum o'rtasida o'tkazgan edik. Terma jamoa tarkibidagi futbolchilarning aksariyati o'z klubi safida yo beshta o'yin o'tkazgan, yo umuman o'yin o'tkazmagan, - dedi Iordaniya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Hossam Hasan.
O'yin boshida diqqat-e'tiborni biroz yo'qotdik, biroq baribir hisobni ochishga erishdik. Futbolchilarimiz men aytgan topshiriqlarning barchasini ham bajarishmagan bo'lsa-da, bugun baribir gol ura oldik, - dedi iordaniyaliklarning misrlik ustozi.
Ikkinchi bo'limda, tarkibda bir qator o'zgarishlarni amalga oshirganimdan so'ng, raqib darvozasi oldida qator xavfli vaziyatlarni yuzaga keltira oldik. Hozircha qarama-qarshilikning faqat birinchi bo'limi yakuniga etdi, seshanba kuni esa Toshkentda ikkinchi o'yinni o'tkazamiz, - deya qo'shimcha qildi Iordaniya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Hossam Hasan.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Iordaniya terma jamoalari o'rtasidagi JCH-2014 saralash Osiyo mintaqasi pley-off javob o'yini 10 sentyabr, seshanba Toshkentdagi Paxtakor stadionida o'tkaziladi.