Hojimat Erkinov: "Superligadagi eng qiyin raqib - "Nasaf"

2 apr 2022, 06:31
"Paxtakor" Coca-Cola Superliga 4-turining markaziy uchrashuvida "Navbahor"dan kichik hisobda ustun keldi.

Bellashuv nihoyasiga etganidan keyin "sherlar" yarim himoyachisi Hojimat Erkinovning fikrlariga quloq tutdik.

- O'yin yaxshi bo'ldi. "Navbahor"dan har jabhada ustun edik. Shu tufayli yakunda g'alaba qozondik.

- O'yinning asosiy vaqti tengkurashlar ostida o'tgandek tuyuldi. Agar gol urilmasa, durang siz uchun qoniqarsiz natija bo'larmidi?

- Markaziy o'yinlarda faqat safarda o'ynayotgan tomonni 1 ochko qoniqtirishi mumkin. Biz bugun faqat 3 ochko uchun maydonga chiqqandik. Bu bevosita o'yinda ham ko'rindi.

- "Paxtakor" vingerlari doimiy tarzda qanotlarni almashtirib o'ynashadi. Hojimat Erkinovga ko'proq qaysi qanot qulayroq?

- To'g'risini aytsam, katta futbolga o'tayotganimda o'zimni chapda qulayroq his qilardim. Biroq, "Paxtakor"da o'ng tomonga tushirish barobarida qanday harakatlansam, foydaliroq bo'la olishimni uqtirishdi. Hozir ikkala tomonda bir xil erkinman. 

- Bugun chempionlikka davo qilayotgan 2 klub o'zaro to'qnashdi. "Sherlar" oltin medallar uchun kurashda asosiy xavfni qaysi jamoadan kutyapti?

- Hozircha barcha klublar bilan to'qnashmadik. Shunga hammaning kuchiga to'g'ri baho berolmaymiz. Lekin, ortda qolgan o'yinlardan xulosa qilsak, eng kuchli raqib "Nasaf" edi. 

- "Navbahor"dan ham kuchliroqmi?

- Ha, mavsumdagi birinchi rasmiy o'yinligi uchun bo'lsa kerak, Superkubok bahsi qiyinroq o'tgandi.

- "Paxtakor" 4 aprel kuni OCHLda ishtirok etish uchun Saudiya Arabistoniga jo'nab ketadi. Guruhdagi raqiblar haqida qanday fikrdasiz?

- Rosti, hali raqiblarni jamoa bilan tahlil qilmadik. Bugungacha asosiy e'tiborimiz "Navbahor"ga qaratilgan edi. Mana, endi OCHL haqida o'ylashni boshlasak bo'ladi.

"Yubiley". Cheran Arturning rekordiga yaqinlashdi


Manba: championat.asia