Hojimat Erkinov: "O'yinimizdagi pasayishning rahbariyatga aloqasi yo'q"

Sherzod Nurmatov
19 sen 2021, 19:59
Toshkentning "Paxtakor" jamoasi Superliganing 19-turida safarda "Andijon"ga mag'lub bo'ldi (0:1).

Ushbu uchrashuvdan so'ng mehmonlar tarkibida zaxiradan o'yinga qo'shilgan Hojimat Erkinovning fikrlari bilan qiziqdik.

"O'yin qiyin bo'lishini bilar edik. Biz turnir jadvalida birinchi o'rinda, "Andijon" oxirgi o'rinda ketmoqda. Ular uchun ochko kerakligi, buning uchun maydonda borlarini berishlarini bilgan edik. O'z maydonida o'ynayotgani uchun qaysidir manoda muxlislar ruhlantirib turadi. Afsuski, natija biz uchun yaxshi bo'lmadi.

O'yinimizdagi pasayishing rahbariyatga aloqasi yo'q. Umuman olganda, hamma o'yinlarda yaxshi to'p tepyapmiz. Jamoadan ketish xayolimga kelgani yo'q. Hammasini vaqt ko'rsatadi", – deydi Hojimat Erkinov.

Dilshodbek Hayitov yozib oldi


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia