Hindiston terma jamoasi Rossiya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi mumkin

Aslanov Jasurbek
31 may 2017, 12:12
Hindiston terma jamoasi Rossiyaga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, Hindiston futbol federatsiyasi rahbariyati RFI bilan muzokaralar o'tkazmoqda. Agar tomonlar kelishuvga erishsa, uchrashuv 1-10 oktyabr oralig'ida bo'lib o'tadi.

Hindiston terma jamoasi 10 oktyabr kuni Osiyo Kubogi saralash bahslari doirasida Makaoga qarshi uchrashuv o'tkazadi va Rossiya bilan o'yin bu o'yinga tayyorgarlik bo'lishi mumkin. Bahs Hindistonda bo'lishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Rossiya terma jamoasi Konfederatsiyalar Kubogiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Ular 5 iyun kuni Budapeshtda Vengriyaga qarshi, 9 iyun kuni esa Moskvada Chiliga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazishadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sportskeeda.com