Here we go! "Barselona" asosiy himoyachisi "Al Nassr"ga o'tmoqda

Mirjalol Normatov
7 avg 2025
Inigo Martines yaqin vaqtlar ichida "Barselona"ni tark etishi mumkin.

Fabricio Romanoning ma'lumotiga ko'ra, 34 yoshli futbolchi "Al Nassr" bilan muzokaralarni davom ettirmoqda va barcha ishlar yakunlanish arafasida. Muammolar bo'lmasa himoyachi yaqin vaqtlarda Saudiya Arabistoni klubi bilan shartnoma imzolaydi.

Martines o'tgan mavsumda LaLiganing 28 o'yinida 4 golli uzatmaga mualliflik qildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano