Terma jamoamizning g'alaba qozongani yaxshi albata, ammo kunimiz Ummon 1-ligasining o'rtamiyona klubiga qolgani ayanchli holatda. Dubaydagi ilk o'rtoqlik o'yinimizda BAA 1-ligasidagi "Hatta" degan klub bilan o'ynagandik. Endi Ummon quyi ligasi jamoasini bir amallab ko'ndirdik. Guruhdagi raqiblarimiz qanday tayyorgarlik ko'rishayotgani haqida saytimizda ma'lumot berib boryapmiz.
Ummonning o'zida Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan BAA o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazaylik, deb murojaat qilganida rad javobini berdik. Mag'lubiyatga uchrashdan cho'chidikmi, ochig'i bilmadim. Har qanday holatda ham Osiyo chempionatiga munosabat bunday bo'lmasligi kerak. O'zimiz tayinli o'rtoqlik uchrashuvi tashkil eta olmaymiz, tayyor taklif qilishganiga ham rad javobini berib yuboramiz. Qiziq, juda qiziq.
O'rtada turgan futbol agentlari bilan qanday ishlanayotgani bizga qorong'u. Mayli, 12 yanvarga ko'p qolgani yo'q-ku. Ko'ramiz, ishqilib, havotirlarimiz o'rinsiz bo'lib chiqsinda!
Kamoliddin Alimov.