

Menga Chempionlar Ligasi finali Uemblida bo'lishini aytishdi va, shuningdek, Evro-2024 Germaniyada bo'lishini bilaman. Hamma narsani amalga oshirishga harakat qilaman. Chempionlik haqda ko'p o'ylashni xohlamayman, lekin bu sodir bo'lsa, ajoyib bo'ladi.
Bavariyada Tottenhemga nisbatan butunlay boshqacha bosim bor. Men va shporlar nimadir yutmoqchi edik, lekin u yerda ketma-ket ikki mag'lubiyat falokat hisoblanmasdi. Bavariyada esa har bir o'yinda g'alaba qozonish kerak, degan tuyg'u bor.
Dastlabki ikki o'yinda 4:0 va 3:1 hisobida g'alaba qozondik, ammo o'yinimizdan hamma ham mamnun emasdi. Bunday turli tuyg'ularni qabul qilganimdan xursandman. Umid qilamanki, sovrinlar uchun kurashish tajribasi Chempionlar Ligasida va Angliya milliy jamoasida duch keladigan bazi vaziyatlarda bosimni engishga yordam beradi, - deya myunxenliklar hujumchisining so'zlarini keltiradi The Guardian.



