Hammasi jiddiy: Ryudiger jarohati tufayli faoliyatini yakunlashi mumkin

Sherzod Nurmatov
1 may 2025
Madridning "Real" jamoasi 32 yoshli himoyachisi Antonio Ryudiger operaciya qilindi va faoliyatini yakunlash xavfi bor.

Futbolchining tashqi meniski qisman yirtilgan va unga osteoartroz tashxisi ham qo'yilgan.

Xabar qilinishicha, futbolchi bir yildan ortiq vaqtdan buyon chap tizzasidagi surunkali og'riqlardan aziyat chekmoqda va jarohati qaytalansa, 32 yoshida faoliyatini to'satdan yakunlashi ehtimoli katta.

"Real" mavsum yakunida yana ikki himoyachisini yo'qotdi – David Alaba va Ferland Mendi jarohatidan tuzalib, yana jarohat oldi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com