Hakimi Unaini PSJga o'tishga ko'ndirdi

Sherzod Nurmatov
9 yanv 2023
PSJ Marokash termasi yarim himoyachisi Azzedin Unai bilan kelishuvga erishdi.

Shartnomasi 2026 yilgacha mo'ljallangan 22 yoshli marokashlik yozgacha "Anje"da qoladi.  

"Goal" nashrining yozishicha, marokashlik himoyachi Ashraf Hakimi hamyurtini Parij jamoasiga o'tishga ko'ndirishda muhim rol o'ynadi.

Transfermarkt portali futbolchini 15 million evroga baholamoqda.

Unai joriy mavsum Fransiya chempionatida 14 ta uchrashuvda maydonga tushdi. JCH-2022da u 7 ta o'yin o'tkazib, 1 ta sariq kartochka oldi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal