Hakim Fuzaylov: "VAR tizimi kechikayotgani tufayli, taxminan iyun oylarida Urganchga qaytamiz"

Alisher Ostonov
26 apr 2025
Superliga 7-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Xorazm" (1:0) bahsi yakunlanganidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Qiziqarli o'yin bo'ldi, ammo afsuski, biz mag'lub bo'ldik. Biz ko'proq to'pga egalik qildik va vaziyatlarga ega bo'ldik, biroq raqib qarshi hujumga o'tayotgan edi. Raqibimizni g'alaba bilan tabriklayman. Biz esa alamli mag'lubiyatga uchradik. Yigitlarga hech qanday etirozim yo'q, faqatgina realizaciya va so'nggi paslarda oqsadik", - dedi Xakim Fuzaylov bahs yakunlangach.


- O'zgartirishlar qilishga kechikmadingizmi? Ikkinchi bo'limda qo'shimcha hujumchini maydonga tushirsangiz bo'lmasmidi?

- Jamoa birinchi bo'limda ham ayni o'ynayotgan edi. Futbolchilarning jismoniy holatiga ko'ra poziciya bo'yicha o'zgarishlar qildik. Biz faqatgina hujumlarni yakunlay olmadik, xolos. Biz "Qo'qon-1912"dan yaxshiroq o'ynadik, ular himoyaga tayanib qolishgandi. Futbolda bunday o'yinlar uchrab turadi.



- "Xorazm" eng so'nggi pallada Superligada ishtirok etishini bilib oldi. Siz bosh murabbiy sifatida etarlicha futbolchilarni jamoaga taklif eta oldingizmi?

- Bosh murrabiyga har doim futbolchilar etishmaydi. Biz Superligada o'ynashimizdan juda kech xabar topdik. Lekin shunga qaramay, biz munosib o'yin namoyish etmoqdamiz, biroq ochkolar yo'qotayotganimiz yaxshi emas. Shunday o'ynashda davom etsak va vaziyatlardan yaxshiroq foydalana boshlasak, anchagina raqobatbardosh jamoa bo'lamiz.

- "Xorazm" o'z maydoniga qachon qaytadi?

- Mendagi ma'lumotlarga ko'ra, maydon tayyor bo'lgan. VAR tizimi kechikayotgani tufayli, taxminan iyun oylarida Urganchga qaytamiz. Muxlislarimiz katta futbolni sog'inib qolishdi.




Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia