

Qur'a tashlash marosimidan so'ng jamoa bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov fikrlarini bildirib o'tdi.
"Qur'aning ko'zi ko'r deyishadi. Mavsum davomida barcha jamoa bilan o'ynab chiqamiz. Shuning uchun kim tushishini farqi yo'q edi. Umuman olganda qur'a natijalaridan qoniqdim. Joriy mavsum qiziqarli o'tishi bilan birga, barchaga qiyin bo'ladi.
Jamoaning tayyorgarligi reja asosida o'tdi. Buning uchun yordam berayotgan homiylarga rahmat aytib qolaman. Bizni og'ir mavsum kutmoqda. Shu o'rinda qo'llab-quvvatlayotgan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Ular uchun ham Superligaga qaytishimiz shart",- deydi tojikistonlik murabbiyi.



