Hakim Fuzaylov: "Ikkinchi bo'limda futbol o'ynamadik"

Narzulla Saydullayev
13 avg 2021
Pro-liganing 15-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Dinamo" (6:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov matbuot anjumanida ishtirok etdi.





O'yin haqida

Avvalo muxlislarimizdan bugungi mag'lubiyat uchun uzr so'ramoqchiman. Biz bugun juda yomon o'ynadik, balki birinchi taymda nimadir qilishga harakat qilgandirmiz, ikkinchi bo'limdagi o'yinimiz esa shunchaki "anarxiya". Futbolni bunday o'ynab bo'lmaydi. "Neftchi"ni g'alaba bilan tabriklayman.

- Ikkinchi taymda jismoniy tomonlama pasayish bo'ldimi?

- Yo'q, bu jismoniy holat bilan bog'liq emas. Negadir yigitlar futbol o'ynamay qo'yishdi. Faqat Ro'zimboy Ahmedov harakat qildi. Qaytaraman ikkinchi taymda biz futbol o'ynamadik.

- Muxlislarga ham qiziqda, Superligaga chiqish uchun kurashayotgan klub olti ochkolik o'yinda bunday mag'lubiyatni qabul qilib olishga nima sabab bo'ldi?

- Bu juda yomon. Tahlil qilamiz, futbolni bunday o'ynab bo'lmaydi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia