Hakim Fuzaylov: "Mavsum oxiri bo'lishiga qaramay, yigitlar oxirigacha kurashishdi"

Narzulla Saydullayev
6 noya 2024
Pro liganing 26-turidan o'rin olgan "Do'stlik" - "Xorazm" (0:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov o'z fikrlarini bildirdi.

"Tushunarliki mavsum oxiri, "Do'stlik" ligada qolish uchun kurashmoqda. Biz esa endi pley-offga chiqish uchun kurashmayapmiz. O'yin teng kurashlar ostida o'tdi. Ikkala tomonda ham qulay vaziyatlar bo'ldi. Bizda o'yin taqdirini hal qiladigan vaziyatlar ham bo'lgandi. Yigitlar mavsum oxiri bo'lishiga qaramay, maydonda oxirigacha kurashishdi. Buning uchun ularga rahmat aytaman", - dedi Hakim Fuzaylov.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia