

O'yin haqida
- "Mashal" biz bilan o'yinga qadar chempionat peshqadami edi. Yigitlar raqibga imkon bermaslikka harakat qilishdi, buni kiyinish xonasida o'zlariga ham aytdim. O'yin davomida mehmonlarga bo'sh xududlarga chiqib borishlarini oldini olishga intildik, zarba berishga imkon bermaslikka urindik. Balki 2 ochko yo'qotgandirmiz, lekin bu o'yin natijasidan mamnun bo'ldim. Bosqichma-bosqich kuchayib boramiz. Hozir jamoaga bir oz mahorat yetishmayapti. Yo'qotishlarimiz ham bor, bu ham alohida e'tiborli muammo.
- Maydon holati haqida gapirib o'tsangiz?
- Aniq eslolmayman, bir vaqtlar "Xiva" jamoasi bilan Xorazmda o'ynaganman. O'shanda bu yerdagi maydon sun'iy edi. Balki Xorazmdagi iqlim tabiiy maydon rivoji uchun xalaqit berar, bilmadim. Lekin bizga imkon qadar yaratib berilayotgan sharoit uchun raxmat aytgan bo'lardim.



