"Gyundoganning yetakchilik fazilatlaridan mamnunmiz" - Xavi

Sherzod Nurmatov
25 okt 2023
Mutaxassis futbolchidan mamnun.

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes yarim himoyachi Ilkay Gyundoganning moslashuv jarayoni haqida gapirdi.

"Gyundogan mavsumni ajoyib boshladi. Biz uning moslashib ketganidan va u olib kelgan yetakchilik fazilatlaridan mamnunmiz. Ilkay pauza qilishni biladi va bizga xotirjamlik beradi. U o'zi orqali boshlanadigan har qanday hujumni yaxshiroq qiladi. Bunday o'yinchi shunchaki bebahodir", – dedi mutaxassis.

Gyundogan o'tgan yozda erkin agent sifatida "Barselona"ga o'tgandi. 33 yoshli xavbek joriy mavsum barcha musobaqalarda 12 ta o'yinda qatnashib, 4 ta golga assistentlik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Barca Universal