Gyundogan Turkiya klubi bilan og'zaki kelishuvga erishdi

Оқил Абдубарноев
28 fev 2024
"Barselona"ning germaniyalik futbolchisi Ilkay Gyundogan "Galatasaroy"ga o'tishi mumkin.

Kelib chiqishi Turkiyaga borib taqaladigan tajribali yarim himoyachi “sariq-qizillar” bilan og'zaki kelishuvga erishdi.

Ispaniya matbuoti turkiyalik futbolchi dastlab “Galatasaroy”ga o'tishni xohlagani, biroq “Barselona” rahbariyati ijara asosida yuborishga ruxsat bermagani haqida xabar tarqatgan edi. "Kataloniyaliklar" Ilkay Gyundoganni sotmoqchi.

Avvalroq yarim himoyachining "Barselona" murabbiyidan norozi ekanligi to'g'risida xabar berilgandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Fotomaç