Gyundogan: "Chempionlik poygasi yakunlangani yo'q"

Aslanov Jasurbek
12 dek 2017
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan Angliya Premer-ligasida chempionlik poygasi yakunlangani haqida fikrlarga javob berdi.

"Shaharliklar" APLning 16-turida "Manchester Yunayted"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi.

"Bunday emas. Biz muhim uch ochkoni qo'lga kiritdik, ammo undan ko'pini emas. Albatta, g'alabamizdan mamnunmiz. Qiyin bo'lishini bilardik, chunki MYUning hujumchilari tezkor. Ularning uzun paslariga tayyor edik. Adolatli g'alabaga erishdik, ammo chempionlik poygasi yakunlangani yo'q" - deydi Gyundogan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports