Gyotcening qancha muddatga safdan chiqqanligi ma'lum

Aslanov Jasurbek
27 noya 2017, 23:04
Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Mario Getce Bundesliganing 13-turi doirasidagi “Shalke-04” jamoasiga qarshi kechgan dramatik uchrashuvda jarohat olgan edi.

Shifokorlar qo'ygan tashxisga ko'ra Germaniya terma jamoasining 25 yoshli futbolchisi 6 hafta mobaynida maydonga tusha olmaydi. 

Buning natijasida Mario Germaniya chempionatidan o'rin olgan “Bayer”, “Verder”, “Maync” va “Xofenxaym” klublariga qarshi o'yinlarda “Borussiya”ga yordam bera olmaydi. 

Shuningdek, mamlakat kubogida “Bavariya”, YCHLda esa “Real” bilan bo'lib o'tadigan uchrashuvlarda ishtirok etmaydi. 



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: