Gyokeresh "Sporting" va Shvetsiya safida mavsumdagi 63-golini urdi - bu safar Portugaliya kubogi finalining 100-daqiqasida penalti orqali

Alisher Ostonov
26 may 2025, 01:11
Viktor Gyokeresh mavsumdagi 63-golini urdi.

"Sporting" Portugaliya Kubogi finalida "Benfika" bilan o'ynadi (2:1, ikkinchi ekstra-taym).

O'yinning asosiy vaqtiga qo'shib berilgan 10-daqiqada Gyokeresh penaltidan hisobni tenglashtirdi va o'yinni qo'shimcha bo'limlargacha uzaytirdi.

Bu hujumchining joriy mavsumdagi 63-goli bo'ldi - u "Sporting" safida 54 ta, Shvetsiya terma jamoasi safida yana 9 ta gol urdi.

Avvalroq, "Real" forvardi Kilian Mbappe "Oltin butsa" uchun kurashda Gyokereshni 3,5 ochkoga ortda qoldirgandi. Viktor kechagi kungacha poygada birinchi bo'lib borayotgandi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia