

Bu haqda insayder Fabricio Romano ma'lum qildi.
Manbaga ko'ra, Gyokeresh MYUga o'tish taklifini rad etgan va Manchester klubi vakillariga "Arsenal"da o'ynashni istayotganini aytgan. 27 yoshli shvetsiyalikning kelajagi noma'lumligicha qolmoqda.
"The Athletic" nashri o'tgan hafta Gyokeresh "Arsenal"ga o'tishga rozi bo'lgani va "Sporting"ni tark etgani haqida xabar qilgandi. Biroq "Sporting" kelishuvga to'sqinlik qilishga muvaffaq bo'ldi. Klub rahbariyati Gyokereshning transferi uchun kamida 80 million evro talab qilmoqda, "Arsenal" bunday summani to'lashga tayyor emas.
Gyokeresh o'tgan mavsum Lissabon klubi safida 52 o'yinda maydonga tushib, 54 ta gol urgan va 13 ta golga assistentlik qilgan.



