Gvatemalalik futbolchi nohaq hakamni kaltakladi (video)

Aslanov Jasurbek
11 avg 2016
Gvatemalaning uchinchi darajali ligasida ayanchli voqea yuz berdi.

"Deportivo Chikakao" hamda "Oberenos" o'rtasidagi bahsda Daniel Pedroza hakamga qo'l ko'tardi. Pedroza to'p tomon harakatlanayotgan paytda hakamga urilib ketdi. Referi futbolchining atayin qilmagan ishidan g'azablanib, unga qizil kartochka ko'rsatdi. Daniel esa o'zini tutib tura olmadi va hakamni do'pposlashga tushib ketdi. Futbolchilar voqeaga aralashib, "jangchi"ni to'xtatib qolishdi.

Video (TAS-IX emas)



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia