Gvardiola "Yuventus" futbolchisini o'z jamoasida ko'rmoqchi. Turinliklar esa uni qo'yib yubormoqchi emas

Alisher
27 mar 2020
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Yuventus" himoyachisi Leonardo Bonuchchini o'z jamoasida ko'rmoqchi.

Xabarlarga ko'ra, "Man Siti" yozda aniq himoyachi sotib oladi. Klub bosh murabbiyi Pep Gvardoila esa Bonuchchining darajasini doim yuqori baholagan, shu sababli uni jamoasiga olib kelmoqchi.

Ammo, "Yuventus" Bonuchchi bilan xayrlashmoqchi emas. Turinliklar "Siti"ga Leonardoni sotmasligini ma'lum qilishdi.

Bonuchchi joriy mavsum "Yuventus" safida A Seriyada 25ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: calciomercato.com