Gvardiola "Yuve"ga imkoniyat boy berilgach: "Biz eng zo'rimiz, jamoamni yaxshi ko'raman"

Omonjon To`xtamirzayev
12 dek 2024
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola YCHL umumiy bosqich 6-turi doirasida "Yuventus"ga imkoniyat boy berilgach, fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

"Mag'lubiyatga himoyadagi xatolar sabab bo'ldi, deb o'ylamayman. Sabab bunda emas. Ko'p bor jarima maydonchasida yoki o'n bir metrlik nuqta atrofiga yetib borganimizda, bizga oxirgi uzatma etishmadi. Aynan shu narsada farq sezildi. Biz eng zo'rimiz, jamoamni yaxshi ko'raman va "Yuve"ga qarshi uchrashuv natijasi fikrimni o'zgartira olmaydi.

Bo'layotgan ishlarni, natijalarni tahlil qilyapman. Abatta, yaxshi vaziyatlarda ham, yomon kunlarda ham o'zimni tergab turaman. Men yo'l topishga, g'alabaga erishishga harakat qilyapman. O'yin bor edi. Men doimo adekvat bo'lishga harakat qilaman, biz yaxshi o'ynaganimizda ham, o'yinimiz chiqmaganida ham.

"Yuventus" - ajoyib jamoa va ularga omad tilayman. Ularni g'alaba bilan tabrikladim, kelajakda ular yanada kuchayishadi. Biz qiyin davrni boshdan kechiryapmiz, lekin g'alabalar keladi va uni bizga o'yin uslubimiz keltiradi. Hozir o'zimizni oqlashimiz qiyin, ammo barchasi yaxshi bo'ladi, shunchaki tanlagan yo'limizda davom etishimiz zarur".


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: uefa.com