

"Tomas Tuxel - bosh murabbiy, uni va Angliya FAni tabriklayman. Bu juda katta mas'uliyat. Bu yerdagi 9 yildan beri ishlayman va unga eng yaxshi tilaklarni tilayman.
Qayerda tug'ilishimizni biz hal qilmaymiz. Men ham kataloniyalik bo'lishimni o'zim ham bilmaganman, ular ham uning angliyalik yoki boshqa joydan bo'lishini bilishmagan.
Federatsiya yuqori darajadagi ro'yxatni tuzgan va eng yaxshisini tanlagan, uni doimo qo'llab-quvvatlayman. G'alaba qozonsa maqtayman, yutqazsa tanqid qilaman. Bunda uning millati hech nimani anglatmaydi.
Ayrim insonlar o'zlarini Tuxeldan yaxshiroq deb hisoblashmoqda. Menga odamlarning qayerda tug'ilishiga qarab munosabat qiladiganlar yoqmaydi. Bunday holatlar Ukraina, Rossiya, Isroil va Afrikaning ayrim davlatlarida ko'p uchraydi", - dedi Gvardiola.



