Gvardiola: "Silva - men uchratgan eng aqlli futbolchilardan biri"

Sherzod Nurmatov
11 noya 2025
"Shaharliklar" bosh murabbiyi Pep Gvardiola yarim himoyachi Bernardu Silvani o'zi bilan ishlagan eng aqlli o'yinchilardan biri deb atadi.

"U bunday o'yin ustasi. Tezlik, to'pni olib qo'yish, tezlashish va sekinlashish, intuiciya va vaziyatlarni boshqarish. U men uchratgan eng aqlli o'yinchilardan biri. Bernardu o'tgan mavsum qiynaldi. Bazan u: "Pep, men charchadim. Aqlim va oyoqlarim endi maydonda emas", derdi. Biroq u har doim yonimizda edi. Shuning uchun ham u bizning sardorimizdir", – dedi Gvardiola.

Silva 2017 yildan beri "Manchester Siti"da. Bu vaqt ichida 31 yoshli portugaliyalik barcha musobaqalarda "shaharliklar" safida 422 o'yin o'tkazib, 73 ta gol urdi va 75 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports