Gvardiola Sanening ketishini tasdiqladi, u shartnomani uzaytirmadi

Eldor Akmurzayev
19 iyun 2020
Manchester Siti yarim himoyachisi Leroy Sane joriy mavsum yakunida jamoani tark etishga yaqin. Bu haqda Pep Gvardiola ma'lumot bergan.

"Leroy yangi bitimdan bosh tortdi. Buni barcha biladi. Agar mavsum oxiriga qadar boshqa klub bilan o'zaro kelishib olinsa, u ketadi. Agarda bu amalga oshmasa, u holda o'yinchi shartnomasining oxirigacha klubda qoladi. Unga 2 yo 3 marta shartnomani uzaytirishni taklif etdik, ammo u rozi bo'lmadi", deydi Gvardiola.

Taniqli insayder Fabricio Romanoning xabar berishicha, Sane Bavariya bilan allaqachon kelishib bo'lgan. Ayni paytda futbolchining transfer summasi bo'yicha bir qarorga kelish qolgani aytilmoqda. Leroyning manchesterliklar bilan amaldagi kelishuvi esa 2021 yozida tugaydi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sportbox