Gvardiola "Manchester Siti"ning qimmatbaho futbolchisi bilan xayrlashadi. Unga yangi klub topildi

Sherzod Nurmatov
10 mar 2025, 11:17
Angliyalik vinger Jek Grilish yozda klubini o'zgartirishi mumkin.

"Todofichajes" xabariga ko'ra, "Inter" "shaharliklar" tarixidagi eng qimmat transfer – 2021 yilda 117,5 mln evro evaziga sotib olingan Jek Grilish bilan shartnoma tuzish niyatida.

Italiya grandi yozda vinger uchun "Manchester Siti"ga 50-60 mln evro taklif qilishga tayyor. Manchesterliklar transferga rozi, chunki jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola endi futbolchiga ishonch bildirmaydi.

29 yoshli Grilish joriy mavsum 26 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.

Avvalroq "Manchester Siti" Grilishning o'rniga Remzini olib kelmoqchi ekanligi haqida xabar berilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Todofichajes