Gvardiola "Manchester Siti"ning kelgusidagi bosh murabbiyi kim bo'lishi mumkinligini aytdi

Оқил Абдубарноев
6 mar 2023
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola 2008 yildan 2019 yilgacha jamoada o'ynagan belgiyalik Vensan Kompanining kelajakda "shaharliklar"ni boshqarishiga ishonch bildirmoqda.

2020 yilda Kompani murabbiylik faoliyatini "Anderlext"da boshlagan, o'tgan yili esa Angliyaning "Byornli" jamoasini boshqargandi.

"Ertami-kechmi Kompani Manchesterga qaytadi. "Siti" bosh murabbiyi bo'lish uning taqdirida bitilgan. Bu voqea qachon sodir bo'lishini bilmayman, lekin uning boshqaruvida "Manchester Siti" muvaffaqiyatlarga erishishiga shubham yo'q", dedi ispaniyalik mutaxassis.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Mundo Deportivo