

Manchester Siti ustozi Pep Gvardiola jamoa rahbariyatidan ispaniyalik futbolchini olib kelishni so'ragan. Shaharliklar futbolchini 15 iyulga qadar 60 million evroga sotib olishi mumkin, sababi futbolchining shartnomasida aynan shunday band bor.
Dani Olmo RB Leyptsig bilan 2027 yilga qadar shartnomasi bor. Futbolchi ayni vaqtda Ispaniya termasi bilan Yevropa chempionatida ishtirokini davom ettirmoqda.



