Gvardiola "Manchester Siti"dan "Barselona" yetakchisini sotib olishni so'radi

Sherzod Nurmatov
21 yanv 2025, 18:20
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola klub rahbariyatidan "Barselona" vingeri Rafinya transferi ustida ishlashni taklif qildi.

Manbaga ko'ra, "shaharliklar" "ko'k-anorranglilar"ni futbolchini qo'yib yuborishga ko'ndirish qiyin bo'lishini tushundi. Qayd etilishicha, kataloniyaliklar vinger uchun taxminan 100 mln evro talab qilishi mumkin.

28 yoshli Rafinya joriy mavsum barcha turnirlarda 29 o'yin o'tkazib, 20 ta gol urdi va 11 ta golli pas uzatdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbarcelonanoticias.com