Gvardiola "Manchester Siti"da himoyachilarning xaridiga 440 mln evrodan ko'p sarfladi

Alisher
28 sen 2020
"Manchester Siti" Xosep Gvardiola qo'l ostida himoyachilarning xaridi uchun 440 mln evrodan ko'p sarfladi.

Gvardiola qo'l ostida "shaharliklar"ning mudofaa chizig'i uchun qilgan xaridlarining to'liq ro'yxati: Jon Stouns (€ 52,2 mln), Benjamen Mendi (€ 57,2 mln), Kayl Uoker (€ 49,5 mln), Emerik Laport (€ 62,7 mln), Danilo (€ 29,1 mln), Anxelino (€ 12,1 mln), Joau Kanselu (€ 66 mln), Natan Ake (€ 45,1 mln) va Ruben Diash (€ 68,2 mln). Jami - € 442,1 mln.

Kecha "Manchester Siti" "Benfika"dan himoyachi Ruben Diashni transfer qiliganini e'lon qildi. Lissabon klubiga esa himoyachi Nikolas Otamendi yo'l oladi.

Ruben Diash o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 49ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 3ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Goal