

Futbolchi mavsumning ikkinchi qismida "Vest Xem" safida o'ynaydi. “Umid qilamanki, u o'zi munosib o'yin amaliyotiga ega bo'ladi, men uni maydonga ko'p marotaba tushira olmadim. U ajoyib yigit", - dedi Gvardiola.
Gvardiola 28 yoshli Fillips tibbiy ko'rikdan o'tish uchun chorshanba kuni Londonga borganini tasdiqladi. Avvalroq matbuotda "Vest Xem" mavsum yakunida Fillipsni sotib olish huquqiga ega bo'lishi haqida ma'lumot paydo bo'lgandi.



