"Gvardiola futbolchidagi har bir elementni tuzatishga harakat qiladi" - Gvardiol

Sherzod Nurmatov
14 sen 2023
"Manchester Siti" himoyachisi Yoshko Gvardiol Pep Gvardiola bilan hamkorlikdagi ilk haftalar haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

"Gvardioladan hali ko'p narsani o'rganishim kerak. Biroq uning har bir futbolchi bilan ishlashi menga yoqdi. Gvardiola futbolchidagi har bir elementni tuzatishga harakat qiladi. 

Har bir futbolchi to'p bilan xotirjam muomala qilishini, to'p bilan o'ynashdan qo'rqmasligini ko'ryapman. Bu "Manchester Siti"ni o'zgacha klubga aylantiradi", – dedi Yoshko Gvardiol.

Eslatib o'tamiz, xorvatiyalik himoyachi 5 avgust kuni "Manchester Siti"ga o'tgandi. "Shaharliklar" Yoshko Gvardiol uchun "Leyptsig"ga 90 million evro to'lagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Manchester Evening News