Gvardiola faoliyati davomida o'zi murabbiylik qilgan hujumchilar orasida eng yaxshilaridan birini aytdi

Eldor Akmurzayev
13 sen 2019, 23:05
Manchester Siti ustozi Pep Gvardiola Barselondagi faoliyatini esga olib, o'tgan hafta butsalarini mixga ilgan kamerunlik hujumchi Samuel Eto'O haqida gapirdi.

“Eto'O – Barselonadagi muvaffaqiyatlarimga sababchi bo'lgan ajoyib o'yinchi. U noyob hujumchi. Faoliyatim davomida men uchratgan va murabbiylik qilgan eng yaxshi hujumchilardan biri. Samuel fel-atvori va uslubi bilan himoyaga bosim o'tkazishga qodir bo'lgan iqtidorli hujumchi hisoblanadi. U bilan birga Barselonada o'tkazgan mavsum esa men uchun sharaflidir. U yuqori darajadagi o'yinchi”, deydi Gvardiola.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sport.es