Gvardiola: “De Bryuyne bilan birga uxlamaganmiz xolos”

Eldor Akmurzayev
30 okt 2022, 09:10
“Manchester Siti” ustozi Pep Gvardiola jamoa yetakchisi Kevin de Bryuyne haqida gapirdi.

Belgiyalik xavbek “Lester”ga qarshi (1:0) bahsdagi goli bilan jamoasi uch ochko keltirdi.

“U hozir eng yaxshi o'yinini ko'rsata olmayapti. Qoyilmaqom gol urdi, ammo uning o'zi maksimal tarzda harakat qilmayotganini biladi.

7 mavsum davomida birgalikda faoliyat olib bordik. Bu davr mobaynida hamma narsani boshdan kechirdik, faqatgina birga uxlamaganmiz xolos. 

Uning muvaffaqiyatimizga qo'shgan hissasi haqidagi fikrimni hech narsa o'zgartira olmaydi, ammo ishimning bir qismi men undan ko'prog'ini kutayotganimni aytishdir”, deydi ispan murabbiyi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: The Athletic