Gvardiola bugungi o'yin haqida: “Eng noqulay raqiblardan biri. Boshqa jamoaga qarshi o'ynashni afzal ko'rardim”

Eldor Akmurzayev
28 dek 2022
Bugun, 28 dekabr kuni APL 17-turidan o'rin olgan oxirgi uchrashuv “Lids Yunayted” hamda “Manchester Siti” o'rtasida bo'lib o'tadi.

“Shaharliklar” ustozi Pep Gvardiola bo'lajak bahs oldidan o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

“Bu eng qiyin o'tadigan uchrashuvalrdan biri. Chempionat qaytganidan keyingi dastlabki raqibimiz bosh bo'lishini afzal ko'raman. Statistikaga ko'ra, “Lids” APLdagi eng tajovuzkor klub hisoblanadi. O'ylash uchun vaqtimiz bo'lmaydi, xatosiz o'ynashimiz kerak bo'ladi”, degan ispan mutaxassisi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: City Xtra