Gvardiola "Bavariya"ga: "Siz 6ta sovrinni yutgan ikkinchi jamoasiz. Birinchisi - "Barselona"! Messiga qo'ng'iroq qilaman, ettinchi titul uchun o'ynaymizmi?"

Alisher
12 fev 2021
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Bavariya"ni klublar o'rtasidagi JCHda g'olib bo'lgani bilan original tarzda qutladi.

"Faxrlanaman. Barchani, ayniqsa Xansi-Diter Flikni, o'yinchilarni va xodimlarni tabriklayman.

Ammo Xansiga aytmoqchimanki, siz 6ta sovrinni ketma-ket yutgan ikkinchi jamoasiz. Shunday ekan, Messi va jamoaga qo'ng'iroq qilishim mumkin va biz ettinchi titul uchun o'ynaymizmi? Ayting, qayerda va qachon, biz o'sha erda bo'lamiz!", - deydi ispaniyalik mutaxassis "Bavariya" matbuot xizmati taqdim etgan videomurojaatda.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" 2009 yilda 6ta turli xil sovrinlarni qo'lga kiritgandi, "Bavariya" esa ushbu rekordni takrorladi.


AlisherMuallif
Manba: Goal