Gvardiola Bartomeuning so'zlariga javoban: "Barselona"ga ovozini balandlatmaslikni tavsiya qilaman"

Alisher
20 fev 2020, 15:12
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Barselona" prezidenti Jozep Bartomeuning moliyaviy feyr-pley haqidagi gaplariga javob berdi.

"Barselona" prezidenti UEFAga "tashkilot FFP tamoyillariga qatiy rioya qilgani" uchun minnatdorchilik bildirdi.

"Agar "Barselona" bizning chetlatishimizdan xursand bo'lsa, men prezidentga [Bartomeuga] biz qarorga shikoyat qilishimizni bildirmoqchiman.

Haq ekanligimizga ishonamiz va biz shikoyat qilamiz. "Barselona"ga ovozini balandlatmasligini tavsiya qilaman - barchada har hil vaziyat bo'ladi.

Biz murojaat qilamiz va umid qilamizki, kelajakda Chempionlar Ligasida "Barselona"ga qarshi o'ynaymiz", - deydi Gvardiola.

Gvardiola: "Siti"dan ketaman, agar..." 



AlisherMuallif
Manba: Sky Sports