Gvardiol "Leyptsig" bilan shartnomasini uzaytirdi

Sherzod Nurmatov
1 sen 2022
"RB Leyptsig" himoyachisi Yoshko Gvardiol "buqalar" bilan kelishuvini uzaytirdi, deb xabar berdi Germaniya klubi matbuot xizmati.

20 yoshli himoyachi bilan yangi bitim 2027 yilgacha mo'ljallangan. Oldingi shartnoma 2026 yilda yakuniga etardi.

Gvardiol "RB Leyptsig" safida atigi bir mavsum o'tkazishga ulgurdi. Bungacha xorvatiyalik o'z vatanida Zagrebning "Dinamo"si tarkibida to'p tepgan.

Shu yozda Gvardiolga "Manchester Siti" qiziqayotgani haqida mish-mishlar tarqalgandi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: rbleipzig.com